Parizod (film)
Parizod | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Ayub Shahobiddinov |
Prodyuser(lar) | Agzam Is'hakov |
Ssenariynavis(lar) | Erkin A'zam |
Rollarda |
Zarina Nizomiddinova Samiddin Lutfullayev Baxtiyor Qosimov Dilorom Karimova Lola Eltoyeva |
Bastakor(lar) | Ubaydullo Karimov |
Kinematografiya | Azizbek Arizkulov |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 2012 |
Davomiyligi | 81 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | O'zbekcha |
"Parizod" – 2012-yilda Kinoshok kinofestivalida „Zolotaya loza“ Gran-prisiga sazovor boʻlgan, rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan badiiy film. Film „Oʻzbekkino“ Milliy agentligi buyurtmasiga asosan "Oʻzbekfilm " kinostudiyasida suratga olingan.[1] Bundan tashqari mazkur film Nyu Yorkda boʻlib oʻtgan Ovrosiyo film festivalida „Eng yaxshi rejissura“ nominatsiyasida gʻolib chiqdi.[2]
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmda Jonibek ismli mehribon odam togʻda bir farishtanamo, parilarga oʻxshash, afsonaviy husn sohibasi boʻlgan bir yolgʻiz qizni uchratib qoladi. Qizni tanish-bilishlarga turmushga berishmoqchi boʻlishadi. Ammo potentsial daʼvogar kuyovlar qizni birin-ketin rad etishadi, chunki uning goʻzalligi, sofligi va soddaligi ortida kuchli bir narsa yashiringaniga ishonishadi. Qizni oʻziga ravo koʻradigan erkak topilmaydi. Film ijodkorlarining soʻzlariga koʻra film bugungi kunimizda ham, oramizda gʻayritabiiy ham qandaydir ilohiy kuchga ega insonlar paydo boʻlishi mumkin va ular tirikligida, borligida ularning qadriga yetish kerakligini ilgari suradi.[3]
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlari va namoyishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Parizod" filmi dunyoning qator mamlakatlarida namoyish etildi. Xususan Shanxay Xalqaro Kinofestivalida maxsus namoyish etildi. Buyuk Britaniyaning Kembrij Universitetida, AQShdagi Jorj Vashington nomidagi universitetda va yana bir nechta AQSh, Koreya va Oʻzbekistondagi Universitetlarda namoyish etildi. Parijda „Adabiyot va Kino kunlari“ doirasida „Parizod“ filmi maxsus premyera qilindi.[4] Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Toshkentdagi vakolatxonasida ham film namoyishi boʻlib oʻtgan.[5]
Festival nomi | Nominatsiyasi | Mamlakat | |
---|---|---|---|
1 | Kinoshok[6][7] | Gran-pri | Rossiya |
2 | Nyu York Yevrosiyo film festivali[8][9] | Eng yaxshi rejissorlik ishi | AQSh |
3 | "Volokolamsk chegarasi" xalqaro film festivali | Eng yaxshi ayol aktrisa | Rossiya |
4 | "Nika" festivali | "MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining eng yaxshi filmi" (nominant) | Rossiya |
5 | "Eng ulugʻ eng aziz" respublika tanlovi | 1-oʻrin (Dramaturgiya) | Oʻzbekiston |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Parizod“ – obladatel gran-pri mejdunarodnogo festivalya „Kinoshok“. 25 sentyabrya 2012 (Wayback Machine saytida 5-mart 2016-yil sanasida arxivlangan) // UzDaily
- ↑ https://www.amerikaovozi.com/a/parizod-ayub-shaboddinov-interview/2977617.html
- ↑ https://www.bbc.com/uzbek/lotin/2013/08/130829_latin_talkingpoint_ayud_shahobiddinov
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
- ↑ https://filmfreeway.com/Colorlessdreams#:~:text=Ayub%20Shakhobiddinov%20was,Office%20in%20Tashkent.
- ↑ https://ria.ru/20120923/757515008.html
- ↑ https://www.ozodlik.org/a/24718563.html
- ↑ https://www.rferl.org/a/uzbekistan-film-industry-quantity-versus-quality/24745666.html
- ↑ „arxiv nusxasi“. 19-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2022-yil.